Gekto
Aqilli tadbirkorlar tanlovi
biz haqimizda

GEKTO — tartib, xotirjamlik va o‘sishning tili

Biznesning eng qimmat boyligi — pul emas. Aniqlik. Aniqlik bo‘lmasa, daromad ham shovqin ichida yo‘qoladi, foyda esa hisobotlar orasida “erib ketadi”. GEKTO — raqamlarni quruq hisob uchun emas, qaror uchun ishlatadigan jamoa. Biz moliyani “ko‘rinadigan” qilamiz: qayerda kuch bor, qayerda oqish bor, qayerda imkoniyat bor — hammasini oddiy, tushunarli va boshqariladigan shaklga keltiramiz. Natijada siz biznesni taxmin bilan emas, ishonch bilan boshqarasiz.

nima qilamiz

tizim quramiz • fikrni o‘stiramiz • natijani himoya qilamiz

Bizning ishimiz — moliyani tartibga keltirish, keyin esa uni madaniyatga aylantirish. Moliyaviy tizim (Fin System), budjet va model (reja–fakt), boshqaruv hisobotlari, marja va oqimlar nazorati — bularning hammasi bir maqsad uchun: kapitalni ko‘paytiradigan qarorlar. Kerak bo‘lsa, moliya funksiyasini outsoursing orqali doimiy kuzatamiz: siz strategiyaga, bozor va o‘sishga e’tibor berasiz — moliya esa har kuni siz tomonda ishlaydi.

Korxona tarixi

Yillar bo‘yicha o‘sish va ideal kelajak tasavvuri.

2022
Boshlanish

Men, Fazliddin Davranov, “Avlod 21” o‘quv markazida sinov tariqasida ish boshladim. 1 yil mobaynida yuzlab yoshlarga moliya ilmlarini ulashdim. Birinchi mijozimiz — Jondor Chinor Don (un ishlab chiqaruvchi yirik zavod). Dastlab kompaniyada faqat o‘zim edim. 9 oy ichida yana 3 kishi qo‘shildi (jami 4 nafar).

2023
Tizimli o‘sish

Yangi ofisga ko‘chdik. 1 xodim boshqa yo‘nalishga o‘tdi, yangi shogird oldik. Butun yilni 4 kishi bo‘lib o‘tkazdik. Mijozlar soni sekin ko‘paydi. Instagram, TikTok, Telegram sahifalarini ochib aktiv yuritishni boshladik. Asosan mijozlar “sarafan” orqali kelardi. Har bir mijozdan fikr (otziv) olar edik.

2024
Kengayish

Biz kengaydik: jamoa 8 kishiga yetdi. Maydoni 240 m² bo‘lgan yangi ofisga ko‘chdik. Men Instagram’da shaxsiy brendimni faol olib chiqishni boshladim.

2025
Katta sakrash

Kompaniya uchun juda katta o‘sish yili bo‘ldi. Shaxsiy brendda 2-jamoa bilan yangidan ish boshladik. Podkastlar, tadbirkorlar yig‘inlari, kouchinglar va klublarda qatnasha boshladik. Mijozlar endi nafaqat sarafan, balki shaxsiy brend va hamjamiyatlardan ham keladigan bo‘ldi. Xodimlar 15 nafargacha ko‘paydi: moliyachilar bilan birga operatorlar, shogirdlar, SMM mutaxassislari ham bor. Shu yil umumiy mijozlarimiz 100 taga yetdi.

2026
Ideal kelajak

Xodimlar sonini 30 taga yetkazish. Yangi yo‘nalishlar: fin-simulyator, analitika, model obuna (podpiska). R&D bo‘limini shakllantirish.

2027
Jamoa va HR brend

Yangi ofisga ko‘chish. Xodimlarni 50 taga yetkazish. HR brend ustida ishlash. “Moliyachilar uyi” va “Moliyachilar klubi”ni tashkillashtirish.

2028
IT mahsulot

IT loyiha qilish, moliyasi mukammal dastur ishlab chiqish. Xodimlar soni deyarli o‘zgarmaydi, programmistlar komandasi qo‘shiladi.

2029
Takomillashtirish

Programma takomillashtiriladi.

2030
Masshtabli sotuv

Programma takomillashtiriladi va masshtabli sotish boshlanadi.

bizning qadriyatlar

GEKTO’da moliya — bu faqat hisob emas. Bu ishonch, madaniyat va aniqlikka tayangan boshqaruv.

Aniqlilik

Har bir raqam, hisobot va tahlil aniq, tekshirilgan va tushunarli bo‘lishi shart. Biz “taxminan” emas, dalil va tekshiruvga tayangan qarorlarni quramiz.

Sir saqlash

Mijozning moliyasi — uning obro‘si. Raqamlar haqidagi ma’lumotlar hech qachon uchinchi tomonga chiqmaydi. Faqat ruxsat etilgan shaxslar bilan ishlaymiz.

Tajriba almashish

Bilim bo‘lishilganda ko‘payadi. Jamoada o‘rganganlarimizni ulashamiz, metodlarni bir xil standartga keltiramiz va har loyihada yaxshiroq bo‘lamiz.

Tushunarlilik

Murakkab raqamlarni oddiy tilda tushuntirish — bizning san’atimiz. Mijozga sodda misollar, aniq xulosa va amaliy qadamlar bilan izoh beramiz.

Jamoaviylik

Ichki jamoa bir-biriga suyangan holda ishlaydi: yordam, maslahat, yo‘l-yo‘riq va qo‘llab-quvvatlash. “Bu sening muammoing” degan yondashuv bizda yo‘q.

Mas’uliyat

Va’da — bu majburiyat. Muddat, sifat va natija uchun javob beramiz. Mijozning vaqtini hurmat qilamiz va har ishni yakuniga yetkazmaguncha to‘xtamaymiz.

  • Muhammadali

    "Kuchli moliyachilarni hurmat qilaman"
    Muhammadali Eshonqulov

    Yuksalish
  • Ibrohim

    "Moliya tizimini to'liq avtomatlashtirib berdilar, endi hamma narsa aniq va oson boshqarilyapti"
    Ibrohim Eminov

    Smartlife
  • Asror

    Ustozim: "O'z biznesini sonlarda ko'rolmagan tadbirkor raqobatda bardavom bo'lishi uzoqqa borishi qiyin"
    Asror Iskandarov

    MediaTech
Biznesingizni biz bilan rivojlantirmoqchimisiz?
Raqamingizni qoldiring

+998 XX XXX XX XX

Ismingiz
Telefon raqamingiz