2022
Boshlanish
Men, Fazliddin Davranov, “Avlod 21” o‘quv markazida sinov tariqasida ish boshladim.
1 yil mobaynida yuzlab yoshlarga moliya ilmlarini ulashdim. Birinchi mijozimiz —
Jondor Chinor Don (un ishlab chiqaruvchi yirik zavod). Dastlab kompaniyada faqat o‘zim edim.
9 oy ichida yana 3 kishi qo‘shildi (jami 4 nafar).
2023
Tizimli o‘sish
Yangi ofisga ko‘chdik. 1 xodim boshqa yo‘nalishga o‘tdi, yangi shogird oldik.
Butun yilni 4 kishi bo‘lib o‘tkazdik. Mijozlar soni sekin ko‘paydi.
Instagram, TikTok, Telegram sahifalarini ochib aktiv yuritishni boshladik.
Asosan mijozlar “sarafan” orqali kelardi. Har bir mijozdan fikr (otziv) olar edik.
2024
Kengayish
Biz kengaydik: jamoa 8 kishiga yetdi. Maydoni 240 m² bo‘lgan yangi ofisga ko‘chdik.
Men Instagram’da shaxsiy brendimni faol olib chiqishni boshladim.
2025
Katta sakrash
Kompaniya uchun juda katta o‘sish yili bo‘ldi. Shaxsiy brendda 2-jamoa bilan yangidan ish
boshladik.
Podkastlar, tadbirkorlar yig‘inlari, kouchinglar va klublarda qatnasha boshladik.
Mijozlar endi nafaqat sarafan, balki shaxsiy brend va hamjamiyatlardan ham keladigan bo‘ldi.
Xodimlar 15 nafargacha ko‘paydi: moliyachilar bilan birga operatorlar, shogirdlar, SMM
mutaxassislari ham bor.
Shu yil umumiy mijozlarimiz 100 taga yetdi.
2026
Ideal kelajak
Xodimlar sonini 30 taga yetkazish. Yangi yo‘nalishlar: fin-simulyator, analitika, model
obuna (podpiska).
R&D bo‘limini shakllantirish.
2027
Jamoa va HR brend
Yangi ofisga ko‘chish. Xodimlarni 50 taga yetkazish. HR brend ustida ishlash.
“Moliyachilar uyi” va “Moliyachilar klubi”ni tashkillashtirish.
2028
IT mahsulot
IT loyiha qilish, moliyasi mukammal dastur ishlab chiqish. Xodimlar soni deyarli
o‘zgarmaydi,
programmistlar komandasi qo‘shiladi.
2029
Takomillashtirish
Programma takomillashtiriladi.
2030
Masshtabli sotuv
Programma takomillashtiriladi va masshtabli sotish boshlanadi.